Erkin Hudoyqulov Yetmish Yulduz Yog'Ilib Yarim Oycha To'Lolmas Скачать

icono fecha Альбом : icono tiempo Длительность : 04:02 icono view Просмотры : 8

Текст песни

Yetmish yulduz yog'ilib
Yarim oycha to'lolmas
Yeti yanga yig'ilib
Bitta ona bo'lolmas
Ona tirik eshikka
G'urbat yaqin yo'lolmas

Mening esa bag'rim qon
Vayronaman onajon
Garchi biz yosh g'o'r edik
Siz bor - biz ham zo'r edik
Bir mayizni besh o'g'il
Teng bo'lishib yer edik
Goh talashsak haq so'zni

Onam aytsin der edik
Tushmi endi u zamon
Hayronaman onajon
Tirik yursa volidang
Toqqa kuching yetarkan
Onang o'lsa boshingdan
Oftob o'tib ketarkan
Jindekkina alam ham
Tog'dek botib ketarkan
Ko'ksim to'la ming armon
To'lg'onaman onajon